Hammasi 2019-yilda bitta Instagram postidan boshlangan: chiroyli bir sviter rasmi — va odamlar birin-ketin “Narxi qancha?” deb so‘ray boshlashdi. Ertasiga o‘sha sviter do‘konga qo‘yildi va darhol sotilib ketdi.
Bugun Dilmuss — O‘zbekiston bo‘ylab 4 ta filial. Biz har kuni ishlab, oila ro‘zg‘orini qilayotgan va shu bilan birga o‘zini munosib ko‘rsatishni istagan ayollarni tushunamiz.
Missiyamiz — daromadidan qat’i nazar, har bir inson o‘z didi va imkoniyatiga mos kiyimda o‘zini ishonchli va go‘zal his qilishi. Ortiqcha xarajatsiz, oddiy va samimiy.
Savollar bo‘lsa — qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram’da yozing.
Telefon raqamingiz va manzilingiz faqat buyurtmani yetkazish va bog‘lanish uchun ishlatiladi, uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Saytda buyurtma berish orqali siz tovarni qabul qilishda to‘lash va 14 kun ichida qaytarish shartlariga rozilik bildirasiz. To‘liq matn tez orada.